13:58 / 16.08.2015
9483

Shimoliy Koreya AQShga “dunyoga noma'lum qurol” bilan tahdid qildi

KXDR AQShga “dunyoga noma'lum qurol” bilan hujum qilishini aytdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Bu tahdidlar AQShning Janubiy Koreya bilan hamkorlikda har yili “Koreya yarim orolida barqarorlikni saqlash” uchun o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlardan so‘ng aytildi.
Shimoliy Koreya milliy mudofaa qo‘mitasi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Janubiy Koreyaning mashg‘ulotlarga jalb qilayotgan kuchlarining ko‘paytirib borilayotgani “KXDR harbiy kuchlarini javob berishga undamoqda”.

AQSh Davlat departamenti, o‘z navbatida, harbiy o‘quvlarning faqatgina mudofaani mustahkamlashga qaratilganini ma'lum qildi.

Top