12:46 / 16.08.2015
9560

Xorazmda tuyaqushlar boqilmoqda

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan Yangilik qo‘rg‘onida joylashgan “Ibrat Ro‘zmat” oilaviy parrandachilik korxonasida o‘rdak, kurka, qirg‘ovul, tovus, bedana bilan bir qatorda tuyaqushlar boqilmoqda. Bu haqdagi maqola “Pravda Vostoka” gazetasida chop etildi.

“Parrandachilki istiqbolli sohadir, – dedi xo‘jalik boshqaruvchisi Zamira Jumaniyozova. – O‘rdaklar, kurkalardan ish boshlagan edik. Bir yil muqaddam Buxoroda tuyaqush boqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik bor ekanligini bildik. Bilishimizcha, ular bugungi kunda nafaqat Janubiy Afrikada, balki dunyoning boshqa hududlarida joylashgan 50ta mamlakatda boqilar ekan. Masalan, Shvetsiyada. G‘oya istiqbolli tuyuldi, va biz buni sinab ko‘rishga qaror qildik”.

Ta'kidlanishicha, tuyaqush boqish boshqa qushlarni boqishdan qiyin emas, faqatgina ayrim o‘ziga xosliklarni bilish talab etiladi. Masalan, ular yaylovda o‘t qidirish bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi, shu bois tuyaqushlarni keng dalada boqish maqsadga muvofiq.
Tuyaqushlar 3 yoshida 80-90 kg ni tashkil qiladi. Kelajakda oilaviy korxona tuyaqush go‘shtidan taomlar tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Top