19:09 / 16.08.2015
2888

Yangiyerlik odamning noutbuki va pullari o‘g‘irlab ketildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashovchi Ahmad ismli shaxsning uyiga tunda yuziga niqob taqqan 4 kishi bostirib kirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, 1 mln so‘m pulini va noutbukini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Jabrlanuvchi zudlik bilan ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bosqinchilar qo‘lga olindi. Ular shu hududda istiqomat qiluvchi Nuriddin, Xurram, Asad va Muhsin ismli yigitlar bo‘lib chiqdi.
Voqea yuzasidan tergov harakat olib borilmoqda.

Xorazmlik ayolning zargarlik buyumlari o‘z vaqtida topib berildi
Xorazmning Urganch shahrida istiqomat qiluvchi Feruza ismli ayolning o‘g‘irlab ketilgan zargarlik buyumlari o‘z vaqtida topib berildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Feruza IIBga murojaat qilib, uning uyidan to‘rt turdagi zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qilgan. Murojaat asosida olib borilgan tezkor tadbir tufayli tez orada jinoyatchi qo‘lga olindi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top