21:16 / 17.08.2015
4074

“Yulduzlar jangi” filmi uslubida ishlangan PlayStation 4 o‘yin pristavkasi namoyish etildi

Sony korporatsiyasi “Yulduzlar jangi” filmi uslubida ishlangan, chegaralangan miqdorda chiqariladigan PlayStation 4 o‘yin pristavkalari seriyasining chiqarilishini e'lon qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.
“Yulduzlar jangi” filmidagi bosh yovuz qahramon Dart Veyder surati tushirilgan pristavkaning taqdimoti AQShning Anaxaym shahrida o‘tkazilgan Disney Expo xalqaro ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. PS 4 Darth Vader Edition pristavkasi 17 noyabr kuni Electronic Arts kompaniyasining “Star Wars: Battlefront” otishmachoq o‘yini bilan birga sotuvga chiqariladi. Yaqin orada pristavkaga buyurtma olish boshlanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, PlayStation 4 o‘yin pristavkasi iyulda dunyodagi eng bozori chaqqon pristavka bo‘ldi.
“Yulduzlar jangi” filmining 7-qismi – “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” filmi joriy yilning 18 dekabridan ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Top