20:20 / 17.08.2015
4721

18 yoshli shveysariyalik tennischi qiz 1 hafta ichida top-10 reytingidagi 4 nafar tennischini mag‘lubiyatga uchratdi

16 avgust kuni Toronto shahridagi turnir finalida shveysariyalik 18 yoshli tennischi qiz Belinda Benchich ruminiyalik tajribali tennischi Simona Xalepga qarshi kortga chiqdi va 7:6 (7:5), 6:7 (4:7) va 3:0 hisoblarida (Xalep o‘yinni davom ettira olmadi) g‘alaba qozondi.

Benchich ushbu turnirning yarim finalida ayollar tennisida yaqqol yetakchi hisoblanuvchi Serena Uilyamsni mag‘lub etgandi (3:6, 7:5, 6:4).

Undan oldinroq esa, 1 hafta doirasida yosh tennischi ayollar tennisida kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan yana ikki nafar tennischi Ana Ivanova (to‘qqizinchi o‘rin) hamda Karolin Voznyatski (5) kabi tennischilarni yenggan edi.

Bu 4ta g‘alaba evaziga Benchich 20 o‘rindan 12 o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ayni vaqtda, top-10 reytingida Serena Uilyams birinchi, Mariya Sharapova ikkinchi, Simona Xalep esa uchinchi o‘rinni egallagan.

Top