16:28 / 17.08.2015
4087

31 ming dollardan ortiq mablag‘ o‘g‘irlab, Rossiyaga qochib ketgan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi

Rossiya Federatsiyasi bosh prokuraturasi talonchilikda ayblangan Rahmat Mamajonov ismli O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi.

O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Mamajonov 2014 yilning aprelida ayol kishiga hujum qilib, unga tan jarohati yetkazgan va uning jami 31 ming dollardan ortiq pulini o‘g‘irlagan.

Ushbu jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan Mamajonov 2014 yilning dekabrida Moskva shahrida qo‘lga olingandi.

Uni O‘zbekistonda 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatdagi qamoq jazosi kutmoqda.

Top