08:39 / 17.08.2015
5844

AQSh Xitoydan maxfiy agentlari faoliyatini to‘xtatishni talab qildi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Pekinga mamlakat hududida maxfiy ishlayotgan xitoylik agentlarning borligi yuzasidan norozilik bildirdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

AQSh hukumatining ma'lum qilishicha, mamlakatda maxfiy agentlarning bo‘lishi XXRning xorijga chiqib ketgan qochqinlarni topish va qaytarib olib ketish borasidagi global rejalarining bir qismidir. Vashington bunday faoliyatni to‘xtatishni talab qildi.

Bundan tashqari, AQSh Xitoy xakerlarining davlat serverlaridan maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlayotganini ta'kidladi.

Top