10:32 / 17.08.2015
2801

Eron va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi

Eron va Rossiya tashqi ishlar vazirlari – Sergey Lavrov va Javod Zarif Moskvada muzokaralar o‘tkazadi. Bir oycha muqaddam ular Venada uchrashib, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha imzolangan kelishuv muzokaralarida ishtirok etishgan edi. Ushbu mavzu Moskvadagi uchrashuvda yana bir bor ko‘tarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, diplomatik idoralar rahbarlari ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi aytilmoqda. Xalqaro siyosatning dolzarb muammolari qatorida Suriyadagi vaziyat muhokama qilinadi.
Rossiya TIVining e'tirof etishicha, yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishilgani Eronning mintaqadagi mavqeini yanada oshirdi. Endilikda Eron Suriya inqirozi oqibatlarini bartaraf etishga jiddiy kirishgan va hatto tinchlik rejasi ustida ishlamoqda.

Top