07:38 / 17.08.2015
1976

Kubanda mikroavtobusning halokati oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi

Rossiyaning Kuban viloyatida yo‘nalishli taksining avtohalokatga uchrashi oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi, 12 kishi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy favqulodda xizmatlarning ma'lum qilishicha, mashina tungi soat 3:00da daraxtga urilgan. Voqeaning sabablari surishtirilmoqda.

Jarohatlanganlar Armavirdagi shifoxonaga yotqizildi.

Top