06:43 / 17.08.2015
3984

Merkel Gretsiyaning qarzlarini kechib yuborish g‘oyasini tanqid qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel Gretsiyaning qarzlarini kechib yuborish g‘oyasiga qarshi chiqdi, biroq mamlakat uchun qarz yukini yengillashtirish ehtimoli borligini aytdi. Merkel bu fikrni 16 avgustda ZDF nemis telekanali efirida aytib o‘tdi.    

Merkelning aytishicha, Afina faqatgina qarzlarni to‘lash muddatining uzaytirilishi va foiz stavkalarining kamaytirilishiga umid qilishi mumkin. Shu bilan birga Merkel Gretsiyaga moliyaviy yordam taqdim qilishga shubha bilan qaramoqda va mamlakat iqtisodiy inqirozni yenga olishiga umid bildirmoqda. Merkelning aytishicha, buning uchun Gretsiya hukumati xalqaro kreditorlar bilan kelishuvning barcha bandlarini bajarishi lozim.

Germaniya kansleri, shuningdek, joriy yilning oktabridan Xalqaro valyuta jamg‘armasi kreditlash dasturiga qo‘shilishini ma'lum qildi.    

Top