10:16 / 17.08.2015
2252

OAV: Tyantszin porti o‘z ishini qayta yo‘lga qo‘ydi

Tyantszin shahridagi port ma'muriyati bir necha bor ro‘y bergan kuchli portlashlardan so‘ng o‘z odatiy ishini qaytadan boshladi, deya xabar berdi TASS agentligi.
“Port asosiy dengiz yo‘llarida xizmat ko‘rsatishni qayta boshladi. Portlash sodir bo‘lgan hudud bilan chegaradosh bandargohdan tashqari barcha omborxonalar shtatli tartibda ish boshladi”, deyiladi port ma'muriyati hisobotida.
Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Xitoy shimolidagi Tyantszin shahri portida ber necha marotaba kuchli portlashlar ro‘y bergan edi.

Top