12:50 / 17.08.2015
2600

OAV: Tyantszinda zaharli moddalar konsentratsiyasi me'yordagidan 27 marta ko‘proqni tashkil qilmoqda

Xitoyning Tyantszin port shahrida bir qator portlash yuz bergan “Juyxay” logistik kompaniyasiga tegishli omborxonadagi yer usti suvlaridagi zaharli moddalar konsentratsiyasi me'yordagidan 27 barobar oshib ketgan. “Sina” axborot portalining ma'lum qilishicha, omborxona tashqarisida sezilarli ifloslanish qayd etilmagan.

Ma'lum qilinishicha, oxirgi kunlarda suvni holatini tekshirish uchun yangi monitoring punktlari o‘rnatilgan. Bunda aholi yashamaydigan hududga o‘rnatilgan bunday punktlardan biridagina sianiy vodorodli kislotaning me'yordagidan ko‘pligi aniqlangan.
Xitoy harbiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, portlash joyida bir necha yuzlab tonna natriy sianidi bor. Ularning joylashgan o‘rni aniqlangan.

Shikastlangan bochkalardan bir qismi falokat joyidan olib chiqib ketilgan, kimyoviy moddaning qolgan qismi izolyatsiya qilingan.
Tyantszin meri o‘rinbosari Xe Shushanning ta'kidlashicha, aniqlangan natriy sianidi 17 avgustning oxirigacha yo‘q qilinishi rejalashtirilgan.

Top