15:57 / 17.08.2015
2638

Inqirozga qaramasdan, Singapurga keladigan sayyohlar oqimining ortishi kutilmoqda

Singapurning Rossiya va Sharqiy Yevropada turizm masalalari bo‘yicha Kengash direktori Beverli Au Yongning TASS agentligiga ma'lum qilishicha, o‘tgan yili mamlakatga dunyoning turli davlatlaridan 15,1 mln sayyoh tashrif buyurib, ular tomonidan 23,6 mlrd dollarlik xarajatlar amalga oshirilgan.

“Dunyo iqtisodiyotida noturg‘un holat kuzatilib, Yevropaga yo‘l olgan sayyohlar oqimi sustlashgani, qolaversa, mintaqadagi boshqa davlatlar o‘rtasida xordiq chiqarish va tadbirkorlik takliflarining ko‘payishi bilan bog‘liq raqobatning kuchayganiga qaramasdan, Singapur hukumati joriy yilda sayyohlar oqimining sezilarli darajada ortishini kutmoqda”, deya qayd etib o‘tgan Kengash direktori. Uning ta'kidlashicha, “bu yil ramziy ma'noda Singapurning oltin yubileyi” (avgust oyida mustaqillikning 50 yilligi nishonlandi– tahririyatdan) tarzida o‘tmoqda. Mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakat aholisi va xorijlki sayyohlar uchun rang-barang tadbirlar tashkil etildi. 30dan ziyod mehmonxonalar sayyohlar uchun qulay yangi imkoniyatlarni taklif qildi.

Singapur Lonely Planet va boshqa bir qator nashrlarning asosiy sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatidan o‘rin egallagani ham sayyohlar oqimining ortishiga xizmatq ilishi ta'kidlab o‘tildi.

Top