10:24 / 17.08.2015
4658

O‘zbekistonda mobil audiogid patentlandi

Fan va texnika taraqqiy etgan XXI asrda Germaniya, AQSh, Angliya, Rossiya kabi davlatlar muzeylarida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ekskursiyalarni audiogid orqali amalga oshirish ishlari keng joriy etilgan.
O‘zbekiston muzeylarida ham audiogidlar yordamida muzey zallari bo‘ylab ekskursiyalar olib borishning zamonaviy usulllarini joriy etish hozirgi kunimiz uchun dolzarb masalalardandir.
Muzeyga tashrif buyuruvchi, muzeyning mazkur dastur o‘rnatilgan mobil qurilmasidan foydalangan holda, eksponatlarning identifikatsion raqamini kiritib, eksponat haqida ma'lumot eshitishi mumkin. Dastur o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlash imkoniyatiga ega. Mazkur dastur O‘zbekistonda ilk marotaba "Aloqa tarixi muzeyi" zallarida 2015 yil mart oyidan boshlab ekskursiyachilar e'tiboriga havola etilmoqda.
Mualliflarga mazkur dastur uchun № DGU 03194 raqamli guvohnoma berildi.

Top