08:15 / 17.08.2015
2192

Pellegrini: Biz “Chelsi”ga qarshi o‘yinlarda har doim ustunlik qilamiz

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini APLning 2-turi doirasida “Chelsi” ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alabani izohlab o‘tdi.

“Bugun meni eng ko‘p quvontirgan ikkita narsa bo‘ldi. Birinchidan, biz uchta to‘p kiritdik. Birinchi taymda biz yaxshi harakat qildik, faqat Begovichning o‘yini ko‘proq gol urishimizga imkon qoldirmadi. Ikkinchidan, gol o‘tkazib yubormaslik muhim edi. Biz mavsumni endi boshlamoqdamiz, lekin o‘yinni keragiday boshlash zarur. Ikkita g‘alaba, ulardan biri amaldagi chempion ustidan qozonildi”.

“Biz “Chelsi”ga qarshi o‘yinlarda har doim ustunlik qilamiz, – so‘zida davom etdi mutaxassis. – O‘tgan mavsum durang o‘ynagandik, undan ham oldinroq mag‘lubiyatga uchragan edik, lekin o‘yin jihatdan har doim ustunlik qilamiz. Bugun biz bekamu-ko‘st o‘yin ko‘rsatdik”.

Top