05:55 / 17.08.2015
3542

Pokiston shimolida 40 nafar jangari yo‘q qilindi

Pokiston harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari mamlakatning shimoli-g‘arbidagi jangarilar pozitsiyalariga raketa-bomba zarbalari berdi, deb xabar bermoqda Geo.Tv portali.

Operatsiya natijasida kamida 40 ga yaqin jangari yo‘q qilindi.

Jangarilar qo‘mondonlik punktlariga mamlakatning Panjob viloyatida terakt uyushtirilgandan bir necha soat o‘tib hujum qilindi. Terakt oqibatida 14 kishi, jumladan Panjob viloyatining tashqi ishlar vaziri Shuja Xonzoda ham halok bo‘lgan edi.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni sunniy terrorchilik tashkiloti “Lashkar-a-jangviy” o‘z zimmasiga olgan.

 

Top