21:05 / 17.08.2015
6871

Sankt-Peterburgda tergov izolyatoridagi mahbus devorni buzib qochib ketdi

Sankt-Peterburglik huquq-tartibot muassasalari xodimlari 4-sonli tergov izolyatoridan qochib ketgan 26 yoshli mahbusni qidirishmoqda. Mahbus bor-yo‘g‘i 15 daqiqa ichida izolyator devorini buzib, noma'lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan.

Rossiya jazolarni ijro etish federal xizmatining mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mahbus qochib ketgandan beri uni hech kim ko‘rmagan. Mahbus soat 11:45 da tergov izolyatori qo‘riqlash chizig‘idan tashqariga, xo‘jalik hovlisiga olib chiqilgan va omborxonada ishlashga qoldirilgan.
Soat 12 larda u g‘oyib bo‘lgani aniqlangan. “Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u omborxonaning g‘ishtli devorini buzib, qochib ketgan bo‘lishi mumkin”, deb ta'kidlanmoqda boshqarmada.
Qochoq bosqinchilik, o‘g‘rilik va tovlamachilik uchun 4 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lgan. Qochoqni qidirish bo‘yicha qidiruv tadbirlari olib borilmoqda

Top