08:00 / 17.08.2015
2890

Ukrainalik ayirmachilar: YeXHT mahalliy aholining ishonchini qaytarish uchun Kiyevga bosim o‘tkazishi kerak

Tan olinmagan Donetsk respublikasi ombudsmeni Darya Morozova YeXHT maxsus monitoring missiyasi kuzatuvchilari Donbass aholisining ishonchiga qaytadan kirish uchun Minsk kelishuvlarining rasmiy Kiyev tomonidan amalga oshirilishiga ta'sir o‘tkazishi lozim.

“Aholining maxsus monitoring missiyasiga ishonchsizligi ortib bormoqda. Odamlarning fikricha, YeXHT voqealarni bir tomonlama yoritmoqda. Menimcha, missiya aholi ishonchini qaytadan qozonish uchun Kiyevga bosim o‘tkazib, uni Minsk kelishuvlarini amalga oshirishga undashi lozim”, – uning so‘zlarini keltiradi mahalliy yangiliklar agentligi.

Shuningdek, u kuzatuvchilarning asirlar almashish jarayonida ishtirok etishlari har doim harbiylar va asirlar xavfsizligini kafolatlab kelganini e'tirof etdi.

Top