18:35 / 17.08.2015
3669

Ukrainalik siyosatchilar Viber’ning zaifliklari tufayli Telegram’ga o‘tmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, uning bloki va boshqa deputatlar yoppasiga Telegram messenjeriga o‘tib ketmoqda. AIN.ua nashrining ma'lum qilishicha, bunga Viber’da ko‘plab texnik va dasturiy zaifliklar va kamchiliklar borligi haqida gap tarqalgani sabab bo‘lgan.
Viber’ni buzib kirish osonligi haqida “Pyotr Poroshenko bloki” fraksiyasi raisi o‘ribosari Mustafo Nayim 10 avgust kuni bayonot bergan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, avgust boshida bir necha idoralar xodimlari messenjerdan ma'lumot olish imkoniyati mavjudligi haqida gapira boshlagan.

Nayimning fikricha, aynan shu mishmishlar Ukraina siyosatchilarini boshqa messenjerga – Telegram’ga o‘tishga undamoqda.
Siyosatshunos Andrey Zolotaryov bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ukrainalik deputatlar va vazirlar asosan Viber’dagi guruh chatlari orqali muloqot qiladi.

“Men ularga boshqa servisga o‘tishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Telegram’ni ham beg‘ubor deya olmayman, yevropaliklar esa WhatsApp’dan foydalanadi”, – ta'kidladi ekspert.

Top