18:48 / 17.08.2015
5411

Xitoylik milliarder xasislikda ayblandi

Xitoyning eng boy va taniqli tadbirkorlaridan biri Jyek Ma internetda tanqid ostiga olindi. Biznesmen Tyantszin shahridagi halokat qurbonlariga pul o‘tkazmaganlikda ayblanmoqda. South China Morning Post nashrining yozishicha, internet foydalanuvchilari kompaniyani boykot qilishlari mumkinligini aytishgan.
“Pul ehson qilmasang, men Taobao’da xarid qilishni to‘xtataman”, – deb yozdi foydalanuvchilardan biri. “Sen Gongkongdagi villangga 1 mlrd yuandan ortiq pul ishlatib yubording, Tyantszin qurbonlariga bir necha mln ehson qilsang nima bo‘ladi?”, – dedi boshqa foydalanuvchi.
Tyantszindagi omborxonalarda sodir bo‘lgan portlashlar qurbonlari soni 114 kishiga yetdi, 95 kishi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda. 722 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Top