00:19 / 18.08.2015
2241

“Benfika” sud orqali Jorjye Jyezushdan 7,5 mln yevro tovon puli undirmoqchi

Portugaliyaning “Benfika” futbol klubi sud orqali klubning sobiq bosh murabbiyi Jorjye Jyezushdan klub bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilgani uchun 7,5 mln yevro tovon puli undirmoqchi, deb xabar bermoqda A Bola nashri.

Jyezush 2009 yildan “Benfika” bilan ishlab kelgan va joriy yilning yozida o‘z lavozimini tark etib, Lissabonning boshqa bir klubi – “Sporting”ga o‘tdi. Jyezush yangi klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Jyezushning “Benfika” bilan shartnomasi rasman iyun oyida o‘z nihoyasiga yetdi, biroq klubning tasdiqlashicha, 61 yoshli mutaxassis shartnoma shartlarini buzgan holda shartnoma tugashigacha “Sporting” bilan ishlashni boshlagan.  

Top