08:31 / 18.08.2015
6515

“UZAUTO-INZI” O‘zbekiston avtomobilsozligi uchun 43 nomdagi ehtiyot qismlarni ishlab chiqaradi

“UZAUTO-INZI” mas'uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi yiliga 2,4 ming tonna alyumin quymasi hajmida avtomobillar, dvigatellar va generatorlar uchun 43 nomdagi ehtiyot qismlarni ishlab chiqaradi.

Tizimda avtomobillar uchun alyumin ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi yangi qo‘shma korxona ochilgani to‘g‘risida “O‘zavtosanoat” AK press-relizida xabar qilindi.

Bundan avvalroq esa “O‘zavtosanoat” AK va Janubiy Koreyaning “INZI AMT Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida alyumin detallarni bosim ostida yuqori aniqlikda quyish usulida ishlab chiqish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kelishib olingan edi. Shu maqsadda teng sheriklikka asoslangan, ustav kapitali 10 mln dollardan iborat mas'uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi “UZAUTO-INZI” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Mahsulot ishlab chiqarish 2017 yilning 1 yanvaridan boshlash belgilangan. Qurilish ishlarini olib borish uchun “UZAUTO-INZI” MChJ QKga 6,9 ga, jumladan, “General Motors Powertrain Uzbekistan” AJning foydalanilmayotgan hududidan 5,3 ga maydon ajratib berildi.

Top