12:00 / 18.08.2015
2029

Andres Inesta: Endi e'tiborni chempionatga qaratishimiz kerak

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Andres Inesta "Atletik"ka qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi javob uchrashuvidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Jamoamiz birinchi bo‘limda yomon o‘ynamagandi va ko‘plab vaziyatlarni yaratdi. Pikening chetlatilishidan keyin barchasi qiyin bo‘lib qoldi.

Afsuski, sovrinni qo‘lga kirita olmadik. Endi bor e'tiborni milliy chempionatga qaratishimiz lozim.

Umid qilamanki, dekabrda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqib, beshinchi sovrinni yutib olamiz", - deydi Inesta.

Top