06:41 / 18.08.2015
4637

AQSh ulushiga jahon davlat qarzining 29,05 foizi to‘g‘ri kelmoqda

AQSh ulushiga umumjahon davlat qarzining 29,05 foizi yoki 13,91 trln dollar to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining oxirgi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Visual Capitalist portali ma'lum qilmoqda.   

XVJ tomonidan dunyo bo‘yicha umumiy qarz 59,7 trln dollarga baholandi. AQSh  davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotidan 3,4 foizga ko‘proqni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga AQShning ulushiga jahon iqtisodiyotining 29,05 foizi to‘g‘ri keladi. 2-o‘rinni Yaponiya egallamoqda: mamlakatning davlat qarzi 19,99 foiz yoki 11,93 trln dollarni tashqil qilmoqda, bunda Yaponiya hissasiga jahon iqtisodiyotining 6,18 foizi to‘g‘ri keladi.      

Xitoy hissasiga jahon iqtisodiyotining 13,9 foizi to‘g‘ri keladi, mamlakatning davlat qarzi umumiy jahon qarzidan 6,25 foizni yoki 3,73 trln dollarni tashkil qiladi. 

Rossiya hissasiga umumiy jahon qarzining 0,49 foizi yoki 292,5 mlrd dollari to‘g‘ri kelmoqda.

AQSh, Yaponiya va Yevropaning umumiy davlat qarzi jahon davlat qarzining 75 foizini tashkil qilmoqda.

Top