14:47 / 18.08.2015
4334

Bangkok metrosida portlash sodir bo‘ldi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yana bir portlash yengil metro stansiyasi yaqinida sodir bo‘ldi, jabrlanganlar haqida hozircha ma'lum qilingani yo‘q, deya xabar bermoqda Frans Press agentligi.

“Hech kim jarohatlanmagan. Hodisa yaqinidagi politsiya portlovchi uskunalarni qidirmoqda”, deya mahalliy politsiya xodimi so‘zlaridan iqtibos keltiriladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni ham Bangkokning savdo-sotiq va sayyohlik markazidagi Ratchaprasong chorrahasida portlash sodir bo‘lgan edi. Qo‘lbola radioboshqaruvli portlovchi modda Xitoy, Singapur va tayvanlik sayyohlar gavjum bo‘lgan to‘rt boshli fil ko‘rinishidagi Eravan ilohi yaqinida harakatga keltirilgan edi. Oqibatda 20 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bugun, 18 avgust kuni noma'lum erkak Tailand poytaxtidagi ko‘prik ustidan daryo yoqasidagi pristanga granata tashlagan edi. Baxtli hodisa tufayli granata suvga tushib portlagan. Jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Top