23:56 / 18.08.2015
3076

Deniel Redkliff ishtirokidagi “Frankenshteyn” filmining treyleri chop etildi

YouTube videoportalida bosh rollarni Deniel Redkliff va Jyeyms Makevoy ijro etgan “Frankenshteyn” dahshat filmining treyleri joylashtirildi.

Deniel Redkliff (Garri Potter rolini ijro etgan) jasadlar bo‘laklaridan mahluqni yaratgan shifokor Viktor fon Frankenshteynning Igor ismli yordamchisi rolini, Makevoy esa shifokorning rolini ijro etgan.

Filmga «Slevinning baxtli soni» va «Savdoyilik» kabi filmlarni suratga olgan Pol Makgigan rejissyorlik qildi.

Film joriy yilning 10 dekabridan katta ekranlarga chiqariladi.

Top