14:52 / 18.08.2015
3808

Eng yaxshi mahallalar tanlovining hududiy bosqichi yakuniga yetdi

Ilgari O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” ko‘rik tanlovining o‘tkazilayotgani xabar qilingan edi. Yaqinda tanlovning hududiy bosqichlari nihoyasiga yetdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yilgi tanlovning viloyat bosqichida 10ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qatnashib, ulardan Navbahor tumanidagi Qorovultepa mahalla fuqarolar yig‘ini birinchi o‘rinni egalladi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Ko‘rik tanlovning ko‘lami, ahamiyati yildan-yilga oshib borayotgani, ayniqsa, e'tiborlidir, – dedi fondning Samarqand viloyat bo‘limi raisi Sherali Yo‘ldoshev. – Buni tanlovning tuman (shahar) bosqichida viloyatimiz bo‘yicha 1 094ta fuqarolar yig‘ini faol qatnashganidan bilsa bo‘ladi”.

Tanlovning respublika bosqichi shu yilning 9 sentabr kuni Jizzax viloyatida o‘tkazilish rejalashtirilgan.

Top