11:41 / 18.08.2015
4681

Farg‘ona-Vodil avtotrassasi bo‘ylab rus ertaklaridagi uychalar joylashtirildi

Farg‘ona-Vodil avtotrassasi bo‘ylab, kahvaxonalar, xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘p sonli tijoriy rastalar bilan bir qatorda, ertaklardagi tasvirlar asosida yaratilgan uy modellari ham joylashtirildi. “Pravda Vostoka”da chop etilgan materialda avtotrassada sayyohlarning diqqatini jalb qilish uchun yaratilayotgan infrastruktura haqida yozildi.

Trassa kurort zonasi hisoblanmish Chimyonga eltadi. Shu bois yo‘lni yaxshilash, sayyohlar diqqatini jalb qilish maqsadida yo‘l bo‘ylab zamonaviy infrastruktura yaratilmoqda.
Shuningdek, o‘lkashunoslar va havaskorlar tashabbusiga ko‘ra eski qishloqlarda bir qancha yangi buloqlar ochilib, ularning ustidan favvoralar qurildi.

Top