10:28 / 18.08.2015
2200

"Fergana Cup – 2015" turnirining bosh sovrinini o‘zbekistonlik tennischilar qo‘lga kiritdi

Farg‘onada tennis bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi “Fergana Cup – 2015” turnirida o‘zbekistonlik tennischilar g‘alaba qozondi.

Turnirning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida uchinchi raqamda saralangan Humoyun Sultonov hal qiluvchi musobaqada yana bir hamyurtimiz Saida'lo Saidkarimovni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Juftliklar o‘rtasidagi final bahsida Amal Sultonbekov va Azizjon Turg‘unov Sharobiddin Abzalov va Humoyun Sultonov juftligini 6:3, 7:5 hisobida yengib, turnir g‘olibiga aylandi.

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida o‘zbekistonlik tennischi qiz Kamola Umarova va rossiyalik Kamila Rahimova finalda qozog‘istonlik raketka ustalari Go‘zal Aynitdinova va Jibek Qulambayevani 2:6, 6:2, 11:9 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Top