06:59 / 18.08.2015
3075

JARda poyezd ko‘prikdan tushib ketgan mikroavtobusni urib yubordi

Janubiy Afrika Republikasida marshrut mikroavtobus ko‘prikdan temir yo‘l iziga tushib ketib, harakatlanayotgan poyezd tomonidan urib yuborildi. Avtohalokat oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi BNO News telekanali.

Noxush voqea Durban shahridan shimoli-sharqiy tomonda joylashgan Kvazulu-Natal viloyatida sodir bo‘ldi. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yana 6 kishi jarohat olgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda qolmoqda.

Voqea joyida shifokorlar va qutqaruvchilar ish olib bordilar.

Top