16:53 / 18.08.2015
2231

Medvedev Instagramdagi 1,5 mln obunachilariga minnatdorchilik bildirdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Instagram`dagi 1,5 mln obunachilariga minnatdorchilik bildirdi va ularni sport bilan faol shug‘ullanishga chaqirdi.

Rossiya hukumati rahbarining mazkur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini 1,5 mln nafardan ziyod kishi kuzatib bormoqda.

"1,5 million! E'tibor uchun rahmat! Sport bilan shug‘ullaning!" – degan shu munosabat bilan Medvedev. U ushbu so‘zlari ortidan o‘z mobil telefoni fotokamerisida murabbiylar va sport jihozlari fonida olingan suratini ham e'lon qilgan.

Bugungi “selfi” Medvedovning Instagramdagi o‘zini o‘zi tasvirga olgan ikkinchi suratidir.

Top