18:18 / 18.08.2015
2820

Moldovaning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi qisqardi

2015 yilning birinchi yarmida Moldovadan O‘zbekistonga olib kirilgan tovarlarning umumiy qiymati 3.5 mln dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 23 foizga kamdir. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Moldovaga eksporti 19.9 foizga o‘sib, 7.6 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda Moldova statistika byurosi hisobotidan ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Moldovaga kimyo sanoati, farmatsevtika mahsulotlari, tekstil, kimyoviy tolalar, yer transporti vositalari, urug‘-ko‘chat, chorva yetkazib beradi. Moldova O‘zbekistonga turli ishlab chiqarish tovarlari – mebel, lampalar va yorituvchi uskunalar, qurilish konstruksiyalari eksport qiladi.

Top