14:07 / 18.08.2015
2557

Pike qanot hakamini haqoratlagani uchun 4-12 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

"Barselona" jamoasi himoyachisi Jyerar Pike Ispaniya Superkubogi uchun Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda olgan qizil kartochkasining ta'siri uzayishi mumkin.

Eurosport nashrida yozilishicha, bu muddat 4 o‘yindan 12 o‘yingacha bo‘ladi.

17 avgust oqshomida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinning 55 daqiqasida Pike qanot hakamini "Atletik" futbolchisining ofsaydga tushishini qayd etmagani uchun haqorat qilgan. Shundan so‘ng, o‘yinning bosh hakami Velasko Karbalo unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatgan.

Bu holatni Velasko Karbalo o‘yin qaydnomasiga alohida kiritgan.

Top