10:15 / 18.08.2015
3170

Pokiston mustaqillik kunini nishonlamoqda

14 avgust kuni Pokiston mustaqillikka erishganining 69-yilligini nishonladi.
Ushbu kunda Islomobodda 31 marta, viloyatlar markazlarida 21 marta to‘plardan otildi. Sana munosabati bilan odamlar ko‘chalarga milliy bayroqlar bilan chiqishdi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, oxirgi o‘n yil ichida ushbu bayram bu qadar keng miqyosda nishonlanmagan edi.

“Mustaqillik kuni butun mamlakatda, Haybar vodiysidan federal boshqaruvdagi qabilalar hududigacha bayram qilindi”, – deyiladi Mashriq gazetasida.
Mahalliy jurnalistlarning fikricha, mustaqillik bayramining bu qadar keng nishonlanishi ko‘p jihatdan terrorchilik ustidan qozonilgan g‘alaba bilan bog‘liqdir. Ta'kidlanishicha, hukumat mana kurashdagi yutuqlarini mustaqillik bilan bog‘lashga harakat qilmoqdalar.

“O‘n yildan so‘ng ko‘chalarga rekord miqdordagi odam chiqdi, va bu terrorchilarning umurtqasini sindirgan “Zarbi Azb” harbiy amaliyoti sharofatidir”, – deyiladi Mashriq’da.
Mustaqillik kuni bilan millatga yo‘llangan murojaatida prezident Mamnun Husayn hukumat xavfsizlik va mudofaa ishidan pul ayamasligini va terrorchilikning ildizini quritishda davom etishini va'da qildi.
“Bu kampaniya tahdid butunlay yo‘q qilinmaguniga qadar davom etadi, va butun xalq terrorchilikka qarshi e'lon qilingan ushbu kurashda hukumat va harbiy kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, – ta'kidlab o‘tdi u.

Top