16:11 / 18.08.2015
3460

Politsiya Bangkokdagi portlashni sodir etgan gumondor rasmini tarqatdi

Tailand politsiyasi Bangkok markazida portlash sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsning suratini tarqatdi, deya xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Bundan avvalroq esa Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha gumondor shaxsi aniqlanganini ma'lum qilgan edi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, gumondor shaxs erkak kishi bo‘lib, hodisa joyida sariq futbolka va yelkaga osiluvchi sumkada paydo bo‘lgan. Politsiya general-leytenanti Pravut Txavornsiri ijtimoiy tarmoqlarning birida uning sumka va sumkasiz rasmlarini e'lon qilgan. Suratning hodisa joyi yaqinidagi videokuzatuv kamerasi tasvirlari asosida olingani ko‘rinib turibdi, deya xabar berdi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni kechqurun Bangkok markazida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lib, 120 kishi jarohatlangan edi.

Top