18:29 / 18.08.2015
4824

Rossiya Tojikistonga harbiy yordam ko‘rsatmoqda

Rossiya harbiy yordam dasturi doirasida Tojikistonga harbiy asbob-uskunalar partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiyaning Tojikistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

11 avgust kuni Dushanbek aeroportiga Rossiya mudofaa vazirligining yordam yuki kelib tushdi. Bu tadbirlar KXShTga a'zo mamlakatlar o‘rtasida imzolangan Tojikiston-Afg‘oniston chegarasini mustahkamlash to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirilmoqda.
Yetkazilgan yuk Tojikistonning Afg‘oniston tomondan kelayotgan terrorchilik xavfiga qarshi kurashga bevosita jalb qilingan harbiy qismlariga mo‘ljallangan.

Top