15:39 / 18.08.2015
4266

Shotland tobutsozlari semizlik muammosi haqida so‘zlab berishdi

Diniy xizmat sohasi vakillari semizlik ko‘mish bilan bog‘liq jiddiy muammolardan biri ekanini so‘zlab berishdi. Metro nashrining xabar berishicha, so‘nggi vaqtlarda tobutlar hajmi kattalashib ketayotgani uchun krematoriy pechlari eshigiga sig‘may qolmoqda.

Vafot etganlarni yoqish imkon yo‘qolganidan so‘ng diniy marosimlar xizmati sohasi vakillari ularni ko‘mish uchun yanada jiddiy muammolarga duch kelishmoqda. Hayotdan ko‘z yumganlar vazni ortiqligi bois ularni qabrga qo‘l kuchi bilan joylashtirish ham mushkul vazifaga aylangan. Shu maqsadda yuk ko‘taradigan mashinalardan foydalanishga ham to‘g‘ri kelayapti.

Ayni paytda ayrim krematoriylar yirik yoqish pechlarini ishga tushirmoqda. Biroq bunday pechlar aholi punktlaridan uzoq masofaga joylashtirilgani sababli vafot etganlarning yaqinlari ularni ko‘mishni ma'qul ko‘rishmoqda.

Diniy marosimlar o‘tkazuvchi kompaniyalar milliy assotsiatsiyasi matbuot kotibining e'lon qilishicha, yirik hajmli tobutlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu fuqarolar tana vaznining ortib borayotgani bilan chambarchas bog‘liq.

Shotlandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, aholining 27,1 foizi semizlikdan aziyat chekadi. 65 foiz fuqarolar esa ortiqcha vaznga ega. Britaniyaning boshqa qismlari – Angliya va Uelsda bu ko‘rsatkich 62 va 58 foizni tashkil etadi.

Top