22:57 / 18.08.2015
19833

«Beruniy» metro stansiyasi yaqinidagi oziq-ovqat bozorida yong‘in chiqdi

Toshkentda 18 avgust kechki payt “Beruniy” metro stansiyasi yonida joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” ko‘rgazma-yarmarka markazi yonidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in chiqdi.

Hozirda yong‘in davom etmoqda. Bozor hududidan odamlar evakuatsiya qilindi. Voqea joyida ko‘plab o‘t o‘chirish brigadalari ish olib bormoqda. Bozor yonidagi yo‘l to‘sib qo‘yilgan.

Ushbu noxush voqea xaqidagi xabarlar yangilanib borilmoqda.

Top