16:57 / 18.08.2015
6992

Toshkentda mashina sotib olish uchun “shapka” talab qilgan xususiy korxona mutasaddisi 10 yilga qamaldi

Toshkentda mashina sotib olish uchun “shapka” talab qilgan xususiy korxona mutasaddisi 10 yilga qamaldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

2014 yilning dekabrida “Salom trans” va “Alijon trans servis” OAJlar o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, “Alijon trans servis” OAJ “Salom trans”dan 55 dona Nexia avtomashinasini sotib olishi kerak edi. Kelishuv bo‘yicha dastlab 28 dona avtomobil egalariga yetkazildi. Qolgan 27 donasi esa 2015 yilning mart oyida yetkazilishi kutilayotgan edi.

Orada “Alijon trans servis” direktorining o‘rinbosari Gulida Xoliqova “Salom trans”ning rahbari Shokir Shoazizovdan har bir sotilgan mashina uchun ming dollardan, ya'ni 55 ming dollar pul berishni talab qildi. Ammo Shoazizov Bektemir tuman SVOJJDLQK departamentiga murojaat qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi G. Xoliqovani 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Top