21:56 / 18.08.2015
3735

Warner Bros. kinostudiyasi Skubi-Du laqabli it haqida to‘liq metrajli multfilm suratga olmoqda

Warner Bros. kinostudiyasi Skubi-Du laqabli it va uning do‘stlari haqida to‘liq metrajli multfilm suratga olmoqda, deb xabar bermoqda Deadline nashri.

Toni Chervone rejissyorligida olinadigan multfilmga Hanna-Barbera kompaniyasining ommalashgan multseriali asos qilib olindi. Multfilm 2018 yil 21 sentabrda ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Skubi-Du haqida “Skubi-Du” (2002) va “Skubi-Du 2: Mahluqlar ozodlikda” (2004) kinofilmi suratga olingan edi. Bu filmlar jahon prokatida 457,1 mln dollar ishlab topgan.

Top