22:43 / 18.08.2015
2786

Xitoy politsiyasi 15 mingga yaqin kiberjinoyatchini hibsga oldi

Xitoy politsiyasi Xitoyning internet segmenti ustidan nazoratni kuchaytirish doirasida kiberjinoyatlarda gumon qilingan 15 mingga yaqin kishini hibsga oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Huquq-tartibot muassasalari kiberjinoyatlar bilan bog‘liq 7400 holat bo‘yicha tergov o‘tkazdilar. Mutassadi xodimlar hibsga olishlar qanday davr ichida amalga oshirilganini aniqlashtirishmayapti.   

Xitoyda iyulda “Internetni tozalash” deb shartli nomlangan yarim yillik dastur ishga tushirilgan. Dastur doirasida mamlakat hukumati kiberjinoyatlar hamda internetda noqonuniy va zararli kontentning tarqatilishiga qarshi kurash olib boradi. Ushbu munosabat bilan politsiya hozirda 66 ming saytni o‘rganib chiqdi. 

Top