11:31 / 18.08.2015
1725

"Yuventus" Mxitaryan uchun 20 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda

Dortmundning "Borussiya" jamoasining armanistonlik yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Turinning "Yuventus" jamoasiga o‘tishi mumkin.

Sky Italy nashrida yozilishicha, turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri rahbariyatdan ushbu futbolchini olib berishini so‘ragan. "Yuventus" ayni vaqtda Armaniston terma jamoasi yetakchisini transfer qilish uchun 20 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda.

26 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola 19 avgust kuni "Yuventus" vakillari bilan uchrashishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Mxitaryan o‘tgan mavsumda "Borussiya" safida 28ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan va 5ta golli pas muallifiga aylangan. U yangi mavsumning ilk turida esa "Borussiya M" darvozasiga 2ta gol urishga ulgurdi.

Top