07:17 / 19.08.2015
6147

“IShID” jangarilari Erdo‘g‘anni “shayton” deb atab, unga tahdid qilmoqda

“IShID” jangarilari internetda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni “shayton” deb atagan videomurojaatlarini tarqatdilar. Ekstremistlarning aytishicha, “u Turkiyani kurd isyonchilari va AQShga sotib yuborgan”, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.  

Rolikda uch jangari ko‘rsatilib, ular turklarni “Erdo‘g‘anga qarshi bosh ko‘tarishga” va “IShID”ga ko‘mak ko‘rsatishga chorlamoqda. Jangarilardan biri Istanbulni qo‘lga  olishga va'da bermoqda. 

Turkiya hukumati Suruchdagi teraktdan bir necha kun o‘tib “IShID”ning Suriyadagi pozitsiyalarini bombardimon qilishga qaror qilgan edi. Turk qiruvchi samolyotlari 24 iyuldan boshlab jangarilar pozitsiyalariga zarba berib kelmoqda. 

Top