06:37 / 19.08.2015
2297

“Real” De Xeaga yiliga 10 mln yevro maosh to‘lashga tayyor

BeIN Sports jurnalisti Tankredi Palmeri darvozabon David De Xeaning “Manchester Yunayted”dan «Real»ga o‘tishi shartlari haqida ma'lumot berdi.

Palmerining ma'lumotlariga ko‘ra, “Real” ispan darvozaboni uchun “MYu”ga 35 mln yevro taklif qilmoqda. Agar De Xea “Real”ga o‘tsa yiliga 10 mln yevro maosh oladi. Uning maoshi dunyodagi barcha darvozabonlarning maoshlari ichida eng kattasi bo‘ladi.

Avvalroq “MYu” darvozabonni zaxira jamoaga yuborgani ma'lum qilingandi, biroq De Xea 16 avgustdan asosiy tarkib bilan mashg‘ulot qilishga qaytdi.      

El Confidencial nashri ma'lumotlariga ko‘ra, De Xea “Real”ga o‘tishi barbod bo‘lsa futbol agenti Jorjye Mendesh xizmatlaridan voz kechadi va 5 mln yevro miqdorida tavon puli oladi. 

Top