01:12 / 19.08.2015
3087

“Spartak” TsSKAning goliga xursand bo‘lgan styuardlarni ishdan bo‘shatdi

Rossiya Premer-ligasining 5-turida Moskvaning “Spartak” klubining uy maydonida TsSKAga qarshi uchrashuvda klubning tibbiy xizmatiga yordam bergan styuardlar boshqa klub bilan ishlamasliklari aytildi. Bu haqda “Spartak”ning tibbiyot departamenti rahbari Mixail Vartapetov ma'lum qildi. Bunday qarorga kelinishiga TsSKA klubining hujumchisi Ahmed Musaning “Spartak”ga kiritgan goliga styuardlarning xursand bo‘lganlari sabab bo‘ldi. Uchrashuv 1:2 hisobida “armiyachilar” foydasiga yakunlandi.     

“TsSKAning goliga xursand bo‘lgan xodimlar klubga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu stadion tomonidan yig‘ilgan ko‘ngilli stayurdlardir. Men ularning Musaning goliga xursandchiliklarini ko‘rib hayratlandim, vaholanki o‘yin oldidan ular hech qanday his-tuyg‘ularni namoyon qilmaslik bo‘yicha yo‘riq oladilar. Bu odamlar boshqa tibbiy xizmat yordamchilari sifatida ishlamaydi”, deb aytdi Vartapetov.  

Top