13:12 / 19.08.2015
4386

2015 yili Xondiza kompleksi loyihaviy quvvatida ishlay boshlaydi

Joriy yilda Xondiza tog‘-kon boyitish kompleksida 650 ming tonna ruda qazib olinadi va qayta ishlanadi. Shu tariqa, korxona o‘z loyihaviy quvvatida ishlay boshlaydi. Bu haqda Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati matbuot xizmati axborot berdi.

Xondiza konida ish 2007 yildan yo‘lga qo‘yila boshlangan, 2010 yilda u yerda rudani boyitish fabrikasi qad ko‘tarib, 2011 yilning mayidan rasman ishga tushirildi.
Loyihaning umumiy qiymati 147 mln dollarni tashkil qiladi. Loyiha Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining o‘z mablag‘lari (46.5 mln dollar), O‘zbekiston qayta tiklash va rivojlantirish jamg‘armasi (60 mln dollar),

tijoriy banklarning kreditlari (40 mln dollar) hisobiga moliyalashtirilmoqda. Boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvati yiliga 6 ming tonna mis konsentrati, 20 ming tonna qo‘rg‘oshin konsentrati va 60 ming tonna rux konsentrati olishga mo‘ljallangan.

Top