00:43 / 19.08.2015
5239

Amerikalik rafiqasi o‘ynashining qulog‘ini uzib oldi

O‘z rafiqasini o‘ynashi bilan yotog‘ida tutib olgan amerikalik erkak “raqibi”ga tashlanib, uning qulog‘ining bir qismini tishlab uzib olganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda  Associated Press axborot agentligi.

Verdjil Beyts III ismli bu erkak Ogayo shtati Tolido shahri sudiga aytishicha, voqea bo‘lib o‘tgan kun u rafiqasining sadoqatli ekanligi haqidagi gaplarini tekshirish uchun uyiga ertaroq qaytishga qaror qilgan.

40 yoshli Beytsning ta'kidlashicha, u ayoli va uning o‘ynashini yotoqda “voqea ustida” tutib olgan va o‘ynashni bo‘ynidan siqib olgan. Beytsning aytishicha, rafiqasining o‘ynashi uni yelkasini tishlab olgandan keyin u bunga javoban uning qulog‘ini tishlab uzib olgan. 

Qoralovchi yordamchisining aytishicha, jabrdiyda qulog‘ining tepa qismi tiklab bo‘lmaydigan darajada qattiq jarohatlanganligi uchun “juda og‘riqli” davolashni boshidan o‘tkazdi.

Top