19:33 / 19.08.2015
3211

Audi Frankfurtda elektr krossoverini namoyish etadi

Audi kompaniyasi o‘zining birinchi elektr krossoveri – e-tron quattro dizaynerlik suratlarini namoyish etdi. Ushbu prototip sentabr oyida Frankfurt avtosalonida taqdim etiladi.

Yangi avtomobilning g‘ildiraklar bazasi hajmi Audi Q5 (2807 millimetr)nikiga qaraganda kattaroq, Q7 (2994 millimetr)ga insbatan kichikroq bo‘ladi.

Avtomobil kuzovning old, orqa va bort qismlari faol aerodinamik unsurlar bilan ta'minlangan.

Prototip qancha ot kuchiga ega ekanligi noma'lum bo‘lsa-da, uning bir martalik quvvat bilan 500 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tishi xabar qilingan.

Audi e-tron quattro yoritish tizimi organik yorug‘lik diodlari (OLED) bilan ta'minlangan duyondagi birinchi avtomobil bo‘lishi aytilmoqda.

Yangi elektromobilning Q6 deb nomlanishi haqidagi xabarlar nemis markasi rahbarlari tomonidan tasdiqlangan.

Audi Q6 ning Tesla Model X krossoveriga asosiy raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Top