06:52 / 19.08.2015
2085

Bastian Shvaynshtayger: “MYu”ni “Real”, “Barselona” va “Bavariya” darajasiga olib chiqish uchun barcha kuchlarimni ishga solaman”

Yarimhimoyachi Bastian Shvaynshtayger o‘zining yangi klubi «Manchester Yunayted» safida yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“MYu”dagi o‘yin tajribam menga kuchliroq bo‘lishga va Germaniya terma jamoasi uchun o‘z qiymatini oshirishga yordam berishiga ishonchim komil. 

“Manchester Yunayted”da men van Gal rahbarligi ostidagi “Bavariya”dagi kabi yangi davrga qadam bosa olaman, deb ishonaman. Bu istiqbol meni o‘ziga tortmoqda.

“MYu”ni “Real”, “Barselona” va “Bavariya” darajasiga olib chiqish uchun barcha kuchlarimni ishga solaman, deb va'da beraman.

Shu bilan birga men Angliya premer-ligasida uch yillik shartnomamning har yilida yutamiz, deb ayta olmayman. Bu juda qiyin musobaqa”, deb ta'kidlamoqda “Shvayni”.

Top