15:34 / 19.08.2015
1917

"Bayyer" Sako uchun "Liverpul"ga 10 mln yevro bermoqchi

"Liverpul" jamoasi himoyachisi Mamadu Sako yozgi transferlar vaqtida Angliyani tark etishi mumkin.

L’Equipe nashrida yozilishicha, bu fransiyalik 25 yoshli futbolchi Germaniyaning "Bayyer" jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan. Nemislar uning uchun 10 mln yevro taklif qilishmoqda.

Qayd etish joizki, Sako APLning yangi mavsumidagi 2 o‘yinda ham maydonga tushirilmadi va bu uning transfer qilinishi bilan bog‘liq.

Biroz oldinroq, "Liverpul" Sakoni "Roma"ga ijaraga berishdan bosh tortgandi.
Ma'lumot uchun, Sako o‘tgan mavsumda mersisaydliklar safida 16ta o‘yin o‘tkazgan.

Top